MakGregorning murabbiyi jangchining kelajagi borasida o‘z fikrini aytib o‘tdi

CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana jangchining qachon oktagonga ko‘tarilishi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Konorning keyingi jangida men unga yordam beraman. Bugungi kunga kelib oramizdagi munosabatlarni hamda keyingi jangga tayyorgarlikni tikladik.

Tan olish lozim, xozirda u biror bahs borasida shartnoma imzolagani yo‘q, shu sababdan ham Konor qachon qaytishini bilmayman.

Aytib o‘tishim joizki, xozirda MakGregor o‘z e’tiborini biznesga qaratgan, - deya Kavananing so‘zlaridan iqtibos keltiradi IrishMirror nashri.

Ma’lumot uchun, Konor MakGregor UFC 229 turniri doirasida Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!