
Maguayr: Bunga ko‘nikishni xohlamayman
Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"dagi mavqei haqida gapirdi.
Erik ten Xag qo‘l ostida himoyachi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. U joriy mavsumda atigi 8 ta bellashuvda ilk daqiqalardan maydonga tushdi.
"Men 29 yoshdaman va faoliyatimda hech qachon bu kabi holatda bo‘lmaganman. Bunga ko‘nikishni ham xohlamayman. Mazkur holat futbolning bir qismi. Men har kuni mehnat qilaman va doim harakatdaman. Imkoniyat paydo bo‘lganda, undan foydalanish lozim.
MYu kabi jamoaga raqobatbardosh tarkib kerakligini hamma biladi. Bizda yuqori saviyali markaziy himoyachilar bor. Mavsum oxirigacha klub har birimizga muhtoj bo‘ladi", - dedi
Fikrlar