
Maguayr: "Biz juda qattiq mehnat qildik va bu stadionning ta’siri katta"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr Evropa ligasi chorak finalida "Lion" ustidan qozonilgan dramatik g‘alaba (5:4) haqida fikr bildirdi.
"Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, biz juda qattiq mehnat qildik. Ikkinchi taymda o‘yinni to‘liq nazorat qildik, uchinchi golni urish imkoniyatlarimiz bor edi. Ammo ular hech narsadan gol urdi – bu biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi.
Qo‘shimcha vaqtda raqib 10 kishi bo‘lib o‘ynayotganida 2:4 hisobida ortda qolish – bu yoqimsiz vaziyat. Biz haddan tashqari ochildik. Shunga qaramay, ruhan mustahkamlik ko‘rsatdik va bu stadionning ta’siri juda katta bo‘ldi.
O‘zining goli haqida
To‘rtinchi gol biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi, biroq qaytish imkoniyati bor edi. G‘alaba golini urish menga nasib etganidan juda mamnunman – bu beqiyos hissiyot.
Gol urish vaqtida fol bo‘lgani haqidagi bahslar
U orqaga harakat qilayotgandi, men esa qo‘lim bilan uni biroz to‘sdim, lekin bu fol emas – hatto yaqin ham emas" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi angliyalik fulbek.
Fikrlar