
Maguayr A Seriya grandlari radarida
Garri Maguayr yozgi transferlar oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etadi. "Give Me Sport" nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi ijaraga beriladi.
Qayd etilishicha, Maguayrga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. Biroq himoyachi A Seriya grandlarining ham radarida. Unga "Inter", "Milan", "Yuventus" va "Roma" ham o‘z befarq emas.
2022/2023 yilgi mavsumda Garri Maguayr “qizil iblislar ”0 safida 30 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. "Transfermarkt" portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar