
Magomed Ibragimov turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi
"Tokio-2020" dasturidan o‘rin olgan erkin kurash bahslarining saralash bosqichida -97 kg vaznda o‘z yurishini boshlagan vakilimiz Magomed Ibragimov turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Magomed Ibragimov 1/8 finalda turkiyalik Suleyman Qaradenizga qarshi bahs yuritdi va ushbu bellashuv 3:3 hisobida tugadi. So‘ngi ballni turkiyalik sportchi qo‘lga kiritgani tufayli ham Qaradeniz g‘alaba qozondi.
Endi turkiyalik sportchi finalga chiqa olsa, Ibragimovda bronza medali uchun o‘tish bahslarida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Fikrlar