Mag‘lubiyat qimmatga tushdimi? “Manchester Siti” Gvardiola o‘rnini kimga topshirishni hal qildi!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning o‘rniga boshqa mutaxassis topib qo‘ydi.
Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Bu muddat tugaganidan keyin Xosep Gvardiola Angliyadagi murabbiylik faoliyatiga nuqta qo‘yadi. Jamoaning natijalariga qarab, xayrlashish vaqti tezlashib ketishi ham mumkin.
TEAMtalk nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati Xosep Gvardioladan keyin jamoani Vensan Kompaniga topshirmoqchi. Belgiyalik mutaxassis hozir Bundesliga chempioni “Bavariya”da muvaffaqiyatli ishlayapti.
Myunxenliklar jamoani chempionlik yo‘liga qaytargan Kompani bilan hamkorlik muddatini 2029 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi. Shunga qaramay, “shaharliklar” Vensanni yana Manchesterga qaytarmoqchi.
Ma’lumki, Vensan Kompani futbolchilik davrida “Manchester Siti” sardori bo‘lgan va faoliyatini yakunlaganidan keyin Xosep Gvardiola shtabida ishlab, murabbiylik sir-asrorlarini o‘rgangan.



Fikrlar