
Lyuk Shou: “Sautgeyt ketmasligini istaymiz”
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Frantsiya bilan bo‘ladigan chorak final o‘yini oldidan murabbiy haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar Angliya muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo‘lsa ham Sautgeytning qolishini xohlaydi.
“To‘g‘ri, biz qanaqadir kubokni yutmagandirmiz. Lekin to‘g‘ri yo‘ldamiz. Uning qo‘l ostida ko‘p yillardan beri kuzatilmagan natijalarga erishdik. Albatta, Frantsiyaga mag‘lub bo‘lishimiz mumkin. Ammo biz bunday gapirishni va o‘ylashni istamaymiz. Biz o‘zimizga ishonamiz”, - dedi “Manchester Yunayted” himoyachisi.
“Sautgeytni nohaq tanqid qilishadi. Bizda hali ham yaxshi to‘purarlar bor. So‘nggi yirik turnirlarga e’tibor bersangiz, oxirgi ikki chempioanat uzoq yillardan beri erishilgan eng yaxshi natijamiz hisoblanadi”, - deya qo‘shimcha qildi Lyuk Shou.
Ma’lumot o‘rnida, Garet Sautgeyt 2016 yildan buyon “uch sherlar”ni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar