
Lyov: Myuller uchun terma jamoa eshiklari hali yopilmagan
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller kelajakda yana Bundestimga qaytishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lyov Myuller, Mats Xummels va Jerom Boatenglarni boshqa terma jamoaga chaqirmasligini ma’lum qilgan edi. Myuller esa bu xabardan shokka tushganini ma’lum qilgan edi.
“Hozir men Myullerni chaqirishni rejalashtirmayapman. Ammo, futbolda hech qachon 100 foiz ishonch bilan gapira olmaysiz. Aytmoqchimanki, uning uchun terma jamoa eshiklari hali yopilmagan”, - deydi Lyov.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi shu kungacha Germaniya terma jamoasi safida 100ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 38ta gol urishga erishgan.
Fikrlar