Lukaku tiz cho‘kishni xohlamaydi

  • 23 sentabr, 2021, 19:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku irqchilikka qarshi tiz cho‘kish usuli haqida fikr bildirdi: 

"O‘ylaymanki, irqchilikka qarshi yanada qatiyatliroq choralar ko‘rishimiz kerak. Biz tiz cho‘kamiz va hamma bizni olqishlaydi, lekin o‘yindan keyin yana haqoratlarga duch kelamiz. Bu mavzuni kun tartibiga olib chiqishimiz kerak. Bunday holatni nafaqat erkaklar, balki ayollar futbolida qanday yo‘q qilishni muhokama qilishimiz lozim ”, - deya Lukakuning so‘zlarini keltirdi "The Telegraph" nashri.

Tecno

Avvalroq, klubning boshqa futbolchisi Markos Alonso irqchilikka qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘yinlar oldidan ortiq tiz cho‘kmasligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!