
Luka Modrich: Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasi doirasida "Real" safarda "Rayo Valekano"ga (1:0) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng o‘yini qovushmagan Luka Modrich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda ispan nashrlari xabar berdi.
- Harakatlarimiz umuman o‘xshamadi. Shaxsan o‘zimning o‘yinim qovushmadi. Raqib esa bitta vaziyatdan gol urdi va g‘alaba qozondi. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Endi keyingi turlarda zafar quchishimiz kerak, - dedi Modrich.
Fikrlar