
Luka Modrich: "Ayaks" uyda ham, mehmonda ham bir xil o‘ynaydi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bugun "Ayaks"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Oldimizda qiyin o‘yin turibdi. Men “Ayaks”ning bir nechta o‘yinlarini ko‘rdim. Ular uyda ham, mehmonda ham bir hil o‘ynaydi. Ishonamanki ular Madridga ham xuddi avvalgi taktika bilan kelishadi.
“Ayaks”ni yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q. Bizni yosh tarkibga qarshi jiddiy o‘yin kutmoqda. Bu o‘yinda biz sabrli bo‘lishimiz kerak”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Ayaks” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Amsterdamda o‘tgan ilk uchrashuvi esa 2:1 hisobida “qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar