Luis Suares Miramontes: Agar "Real" xohlasa, 4ta gol urishi ham mumkin edi!

  • 25 oktabr, 2021, 20:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klub sobiq futbolchisi Luis Suares Miramontes kataloniyaliklarning "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatidan keyin jamoani tanqid qildi:

Tecno

"Bugungi jamoa bir necha yil oldingisiga o‘xshamaydi. Ularning uslubi har xil. Futbolchilar hozir tajovuzkor va jamoaviy o‘yin ko‘rsatmayapti. Shuningdek, saviyali o‘yinchilar ham etarli emas. Bu - miyasi va oyoqlari yo‘q jamoa!

"Blaugranas" hujumiga kuch, himoyasiga tartib etishmayapti. Bu ketishda ular sovrin uchun da’vogarlik qila olmaydi. Agar "Real" xohlasa, 4 ta gol urishi ham mumkin edi. Hozirgi "Barsa" jamoaga kelganiga 1,5 yil bo‘lgan Ansu Fatisiz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayapti", - dedi Suares.

Kataloniyaliklar La Liga 10-turidan keyin 9-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!