
Luis Suares “Barsa”ga katta yordam qilgani oshkor bo‘ldi
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklarga o‘z tarkibida Ronald Arauxoni saqlab qolishga yordam bergani ma’lum bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qiligicha, ayni paytda “Inter Mayami” safida to‘p tepayotgan urugvaylik yulduz o‘z hamyurtini “Barsa”ni tark etmaslikka ko‘ndirgan.
Ronal Arauxo yozda “Bavariya”ga o‘tib ketmoqchi bo‘lgan. Biroq “Barselona” sobiq hujumchisi Suares yordamiga tayanib himoyachini o‘z safida olib qolgan.
Arauxoning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Hozir klub mutasaddilar bitimni uzaytirishga harakat qilmoqda.
Fikrlar