
Luis Enrike PSJni tashlab, zo‘r klubga o‘tmoqchi
“Pari Sen-Jermen”ni ilk bor Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan ispaniyalik bosh murabbiy Luis Enrike boshqa jamoani boshqarishni ko‘zlayapti.
Sport.es saytining yozishicha, Luis Enrike yaqin kelajakda “Barselona”ni yana qabul qilib olish istagi borligini ta’kidlagan.
Manbaga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis o‘z yurtida ishlab, faoliyat yuritishni sog‘ingan.
2023 yili PSJda ish boshlagan Enrikening parijliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Shu muddat yakunlangach, u imkon bo‘lsa, Kataloniyaga qaytmoqchi.
Tajribali murabbiy 2014-2017 yillar davomida “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar ikki marta Ispaniya chempioni va bir bor Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.
Fikrlar