
Luis Enrike o‘ziga bosh ko‘targan mashhur yulduzni o‘ynatmaydigan bo‘ldi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike mashhur futbolchi Usmon Dembeleni Chempionlar ligasi umumiy guruhida “Arsenal” bilan bo‘ladigan o‘yin qaydnomasidan chiqarib tashladi.
L'Équipe nashrining ma’lum qilishicha, Frantsiya chempionatining oltinchi turida “Renn”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin bosh murabbiy va hujumchi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.
Buning oqibatida, ispaniyalik murabbiy frantsiyalik o‘yinchini Londonga olib ketmaslikka qaror qildi.
Usmon Dembele 2023 yilning avgustida “Barselona”dan 50 million evroga transfer qilingan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Bo‘lib o‘tgan janjaldan keyin Dembelening asosiy tarkibdagi ahvoli mavhum bo‘lib qoldi.
Fikrlar