
Luis Enrike “Barsa” yulduzining sirini ochib tashladi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike agar jamoasi Evropa Chempionlar ligasining pley-offida “Barselona”ga to‘qnash kelib qolsa, kataloniyaliklarning nozik nuqtasi borligini oshkor qildi.
Ispaniyalik mutaxassis urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo “Barselona”ning zaif nuqtasi ekanini aytidi.
- Arauxo – yuqori darajali futbolchi, lekin aynan u kataloniyaliklar orasida to‘p bilan eng bo‘sh ishlaydigan o‘yinchi hisoblanadi.
Biz agar “Barselona”ga to‘qnash kelsak, Arauxo to‘pni qabul qilib olganida unga pressing qo‘llab, pas berishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni yopib tashlashimiz kerak, - dedi Luis Enrike.
PSJ va “Barselona” o‘tgan yili Evropa Chempionlar ligasining 1/4 finalida o‘zaro to‘qnash kelgan. Kataloniyaliklar safar uchrashuvidan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, javob o‘yinida o‘z maydonida 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.
“Barsa” uchun alamli tugagan o‘yinda Ronald Arauxo bosimga dosh berolmay, qizil kartochka olgan va shu orqali parijliklar vaziyatni o‘z foydasiga hal qilgan edi.
Fikrlar