Luis de la Fuente: “Pedri — shunchaki ajoyib futbolchi"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi 4-turida Bolgariyaga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng “Barselona” klubi a’zosi Pedrining o‘yinini yuqori baholadi.
“Pedri — shunchaki ajoyib futbolchi. U boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘ra oladi”, — dedi mutaxassis UEFA rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchig Ispaniya terma jamoasi safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar