Lotar Matteus: Messini yaxshi ko‘raman, lekin u "Oltin to‘p"ni olmasligi kerak edi

  • 31 oktabr, 2023, 19:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus "Oltin to‘p" topshirish marosimidan mamnun emas. Eslatib o‘tamiz, kecha Messi faoliyati davomidagi 8- "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgandi. 

Tecno
"Men uchun bularning barchasi farsga o‘xshaydi. Xoland o‘tgan mavsum Messidan yaxshiroq edi. Demak, jahon chempionatidagi g‘alaba "Manchester Siti"ning trebilini yuvib ketmoqdami? 
 
Bundan tashqari, Xoland yangilagan rekordlarga hech kim ahamiyat bermadi. Men Messini yaxshi ko‘raman, lekin u "Oltin to‘p"ni olmasligi kerak edi", - dedi Matteus. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!