"Los-Anjeles Gelaksi" Ibragimovich o‘rniga Chicharito nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 9 yanvar, 2020, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi "Sevilya" hujumchisi Xaver Ernandesning (Chicharito) xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda MLS klubi 31 yoshli meksikalik futbolchini “Milan”ga o‘tgan Zlatan Ibragimovich o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Los-Anjeles Gelaksi" Ibragimovich o‘rniga shuningdek Edinson Kavani nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Chicharito joriy mavsum La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!