Londonning ikki klubi bir futbolchiga xaridor

  • 4 yanvar, 2022, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozdayoq qanot yarim himoyachisi Adam Traorening "Vulverxempton"dan ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ehtimol, ispaniyalik futbolchi joriy qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Britaniyaning The Mirror nashri xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga shaxsan "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqmoqda. Biroq “shporlar” 25 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun hamshahari “Vest Xem” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Ilgari Traorega "Liverpul" va "Barselona"dan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo mersisaydliklar davralar oralig‘ida transferlar uchun pul sarflashni rejalashtirmayapti, kataloniyaliklar esa allaqachon “Manchester Siti”dan Ferran Torresni sotib oldi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Traorening ayni damdagi transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!