London klubi Milikni xarid qilmoqchi
"Vest Xem" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Domenica Sportiva" xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, London klubi forvard borasida "adzurrilar"ga rasmiy taklif yuborgan. "Bolg‘achilar" Milik uchun 7 million evro maosh to‘lashga tayyor.
Polshalik futbolchining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.



Fikrlar