
"Lokomotiv"ning sobiq murabbiyi rus klubida ish boshladi
O‘zbekiston milliy terma jamoa sobiq futbolchisi, Toshkentning "Lokomotiv" klubida bir necha yillar davomida ishlagan Andrey Fyodorov yana bosh murabbiy vazifasiga qaytdi.
49 yoshli mutaxassis Rossiyaning "Kazanka" jamoasini boshqaradi. U Ilshat Fayzullinning o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, "Kazanka" Rossiya ikkinchi divizioni 2-guruhida 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar