"Lokomotiv" "Qizilqum"ga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Kenjaboevdan gol!

  • 17 iyul, 2021, 21:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat-sinov uchrashuvini o‘tkazdi. Bu xususida "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Mazkur uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdilar.

loko1_2

O‘yinning 49-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Javohir Alijonovning zarbasi kichik rikoshet hosil qilib,” Qizilqum” darvozasidan o‘rin oldi.

Navoiyliklar safiga yaqinda qo‘shilgan Islom Kenjaboevning oxirgi daqiqada kiritgan javob golidan keyin uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!