
"Lokomotiv" maydonini yangi mavsumga tayyorlash ishlari boshlandi
Pro Liga g‘olibi «Lokomotiv» kelasi yil Superligada ishtirok etadi. Tabiiyki, Superliganing talablari boshqa va ancha jiddiy.
Birinchi navbatda har bir jamoaning uy stadioni yaxshi holatda bo‘lishi shart. Mavsum yakuniga etgach, «Lokomotiv» o‘yingohida maydonni yangi mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.
Tez orada yangi chim yotqiziladi va maydon yanada ko‘rkam holatga keladi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar