
"Lokomotiv" legionerlar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Bu safar xorvatiyalik hujumchi qo‘lga kiritildi
Yangi mavsumda o‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan va buning uchun jiddiy tayyorgarlik olib borayotgan “Lokomotiv” o‘z tarkibiga yana bir legionerni qo‘shib oldi.
Gap xorvatiyalik 26 yoshli hujumchi Shime Jujul haqida ketmoqda. O‘tgan mavsum Singapur chempionati vakili “Geylan” klubi tarkibida 29 o‘yinda 19 gol va 7 assist qayd etgan futbolchi yangi mavsumda “Lokomotiv” tarkibida harakat qiladi. Bu xususida “Loko” matbuot xizmati e’lon qildi.
Qayd etish kerak, Shime faoliyati davomida 153 o‘yinda maydonga tushib, 58 gol va 32 assist qayd etgan.
Bungacha “Temiryo‘chlilar” tojikistonlik Rustam Soirov, rossiyalik Ivan Solovyov va makedoniyalik Boyan Naydenov bilan shartnoma imzolagandi. Ko‘rib turibsizki, “Lokomotiv” klubi yana bir legioner bilan kelishuvga erishdi.
Fikrlar