
"Lokomotiv" Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov va yana bir qator futbolchilar bilan shartnoma uzaytirmaslikka qaror qildi (foto)
13 nafar futbolchi "Lokomotiv"ni tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qishki tanaffusda "Lokomotiv" PFK bir nechta futbolchi bilan xayrlashdi. Klub rahbariyati 13 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
"Yakuniga etgan mavsumda jamoamizning Pro Ligadan Superligaga qaytishida katta yordam bergan ushbu o‘yinchilarga rahmat aytamiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi xabarda.
"Temiryo‘lchilar" safini tark etganlar:
Jaloliddin Jumaboev
Islom Qobilov
Sanjar Qodirqulov
Ma’ruf Jumaev
Samuel Ope
Manuchehr Safarov
Mahdi Abduraimov
Ivan Solovev
Boyan Naydenov
Sime Zuzul
Zafar Safoev
Jasurbek Xoldorov
Islom Rashidxonov.
Fikrlar