"Liverpul"ning markaziy himoyachisi terma jamoa yig‘inida jarohat oldi
"Liverpul" va Frantsiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Ibraima Konate terma jamoa bazasida jarohat oldi. Bu haqda Frantsiya terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida Ozarbayjonga qarshi o‘yindan so‘ng o‘zini noqulay his qilgan. Tekshiruv natijasida Konateda sonning to‘rt boshli mushak jarohati aniqlangan. Yaqin kunlarda u "Liverpul" ixtiyoriga qaytadi.
Konatening o‘rniga Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Marsel” himoyachisi Benjamen Pavarni chaqirdi. Jamoa 13 oktyabr kuni Islandiyaga qarshi safarda bahs olib boradi.



Fikrlar