"Liverpul"ga Respect!

  • 5 iyul, 13:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi Diogu Jotaning 2 yil ichida ishlab topadigan 8 million funt sterling miqdoridagi mablag‘ni to‘lab berishini ma’lum qildi.

Tecno

Mersisaydliklar hujumchisi va uning ukasi Andre Silva Ispaniyadagi yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgandi. 28 yoshli Jotaning klub bilan yana 2 yillik shartnomasi bor edi. "Record" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "Liverpul" qolgan barcha mablag‘larni to‘lab berishga qaror qilgan. Payshanba kuni "qizillar" o‘tgan mavsumda jamoaning APL da g‘olib bo‘lishiga katta xissa qo‘shgani uchun Jotaga tegishli bo‘lgan 20 raqamini abadiylashtirishini ma’lum qilgan edi. So‘ngi chempionlik klub tarixidagi Angliyadagi 20 chempionlik bo‘ldi. 

Marhum, portugaliyalik hujumchi yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 37 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!