
“Liverpul”da yangi yulduz porlaydi
Yurgen Klopp o‘z yurtidan yangi futbolchini taklif qildi. “Xoffenxaym”ning yoshlar jamoasida to‘p surgan iste’dod egasi Melkamu Frauendorf faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Liverpulliklar 16 yoshli yarim himoyachini erkin agent sifatida qo‘lga kiritdi va “Xoffenxaym”ga uni tarbiyalagani uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘laydi xolos.
Frauendorf yangi mavsumni “Liverpul” tizimidagi yoshlar jamoalaridan birida boshlaydi. Asli efiopiyalik bo‘lgan Melkamu o‘z tengqurlari orasida eng iste’dodli futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Fikrlar