“Liverpul” va MYu “Barsa” o‘yinchisini olib ketmoqchi

  • 8 noyabr, 2024, 20:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” tarkibida porlay boshlagan Mark Kasado Angliya grandlari nazariga tushgan. 

Tecno

“Liverpul” va “Manchester Yunayted” mutasaddilari 21 yoshli yarim himoyachini Kataloniyadan olib ketmoqchi. Angliya klublariga Kasadoning maydonni ko‘ra olish va maydon markazida o‘yinni boshqarish qobiliyati yoqib qolgan. 

Kasado joriy mavsumda barcha turnirlarda 13 marotaba maydonga tushib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Hali bu o‘yinchining transfer summasi ko‘tarilib ketgani yo‘q. Ayni paytda Kasado 15 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!