"Liverpul" va "Barsa"ga qarshi o‘yinlar oldidan jarohat olgan Ramos ta’sirli post qoldirdi

  • 2 aprel, 2021, 00:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saytimiz orqali "Real" sardori Serxio Ramos jarohat tufayli oldinda jamoani kutib turgan muhim uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edik. Ispaniyalik himoyachi o‘z "Instagram" sahifasi orqali bu vaziyatga to‘xtaldi.

Tecno

Ana xolos! Serxio Ramos "Liverpul" va "Barsa"ga qarshi o‘ynamaydi

"To‘g‘risini aytsam, so‘nggi haftalar juda og‘ir kechdi. Operatsiya har doim ruhiy va jismoniy tomondan pauza hisoblanadi. Bir necha kun oldin o‘zimni yaxshi his qilayotgandim, ammo omadsizlik hayotda bo‘lgani kabi, futbolda ham muhim rol o‘ynaydi.

Kechagi uchrashuvdan keyin men chap boldirimda og‘riq his etdim. Bugungi tekshiruv menda mushak jarohati borligini tasdiqladi. Menga mavsumning hal qiladigan paytida jamoamga yordam bera olmasligim azob beradi. Maydonda menga muhabbat va energiya bergan muxlislardan qarzdor bo‘lib qolayotganim meni xafa qiladi.

Hozir hech narsani o‘zgartira olmayman, ammo imkon boricha shug‘ullanaman va jamoam uchun muxlislik qilaman",-deya izoh qoldirdi Ramos o‘z sahifasida.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "el-kapitano" 4 hafta maydonga tusha olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, u "Qirollik klubi"ning "Liverpul"ga qarshi ikkita uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Serxio "Barselona" bilan o‘yinda ham maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!