"Liverpul" transfer bozorida APL rekordini o‘rnatmoqchi

  • 24 noyabr, 16:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" PSJ xavbegi Joau Neveshni sotib olmoqchi.

Tecno

"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar portugaliyalik futbolchini sotib olish uchun 160 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bu narx esa Angliya Premer-ligasida rekordga aylanadi. Futbolchi o‘tgan mavsumda juda sermahsul harakat qilgan edi. Joriy mavsumda ham ideal sport formasini saqlab turibdi.  Neveshning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 90 million evroga baholagan. 

Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi PSJ safida joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!