
"Liverpul" murabbiyi jonli efirni buzib qo‘ydi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot kechagi "Brentford" bilan o‘yindan so‘ng Jeymi Karrager bilan hazillashdi.
Gap shundaki, "Sky Sports" nashri tahlilchisi aynan Karrager bilan jonli efirda "Liverpul"ning o‘yinini muhokama qilayotgandi. Birdaniga Slot kamera oldiga keldi. Shu vaqtda boshlovchi Kelli Keyts Karragerga qarab shunday dedi: "Men sizni eshitmayapman. Chunki, Arne Slot shu erda".
"Mersisaydliklar" ustozi sobiq himoyachini troll qilib: "Birov uni tinglayaptimi?" , -deb xazillashdi.
Bunga javoban "Liverpul"ning sobiq futbolchisi kulib yubordi.
Fikrlar