
“Liverpul” Muhammad Salohdan qutilmoqchi. Zo‘r variant chiqdi
Yozgi transferlar mavsumida “Livelpul” va Yuventus” o‘zlari uchun muammo bo‘layotgan hujumchilarni o‘zaro almashishni rejalashtirmoqda.
Muhammad Saloh bilan munosabatlari buzilganidan keyin Yurgen Klopp misrlik futbolchidan qutilish payida yuribdi. Salohning o‘zi ham boshqa klublar taklifini qabul qilishga tayyor. Unga “Real”, “Barselona” va “Yuventus” qiziqmoqda. Biroq, madridliklarning asosiy nishoni Kilian Mbappe va Erling Xoland bo‘lib qolmoqda. Kataloniyaliklar esa, moliyaviy inqirozdan chiqa olmayapti. Demak, Saloh uchun turinliklar asosiy da’vogarga aylangan.
“Yuventus” esa asosiy tarkibga kira olmayotgan va katta maosh so‘rayotgan Paulo Dibalani boshqa jamoaga o‘tkazib yubormoqchi.
Yurgen Kloppga Salohning o‘rniga argentinalik hujumchini olish varianti ma’qul keldi. Biroq, turinliklar rokirovka amalga oshishi uchun ma’lum miqdorda xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki bugungi kunda muntazam gol urayotgan Muhammad Salohning transfer summasi zaxirada o‘tirgan Dibalanikidan balandroq hisoblanadi.
Fikrlar