“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga mashhur o‘yinchini olib keladi

  • 11 sentabr, 2024, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadi.

Misrlik hujumchi klubni tark etish ehtimoli katta. Uni anchadan beri Saudiya Arabistonida kutishyapti. Liverpulliklar 32 yoshli o‘yinchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Biroq Salohning pozitsiyasi aniq emas.

Shu bois, mersisaydliklar unga o‘rinbosar topib qo‘yishdi. TodoFichajes nashrining yozishicha, “Liverpul” mutsaddilari Bundesligada “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Leroy Saneni nishonga oldi. Bu futbolchining bitimi ham kelasi yoz yakunlanadi va uni bepul qo‘lga kiritish imkoni bor.

Leroy Sane uchun Angliya Premer-ligasi begona emas. Sane 2026-2020 yillar “Manchester Siti”da o‘ynab, keyin Germaniyaga  yo‘l olgan.

28 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonidan takliflar bor. Lekin Leroy yana Angliyaga qaytishga moyillik bildirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!