
"Liverpul" "Manchester Siti" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Liveprul" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish uchun harakat qiladi. Klub Bellingem uchun kurashdan chiqqanidan so‘ng uning o‘rniga bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Kalvin Fillips ham bor, deya xabar berdi "Daily Star" nashri.
"Manchester Siti" futbolchisi mazkur mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganidan norozi va jamoani tark etishga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, mazkur transfer mersisaydliklarga 35 million evroga tushadi.
Fillipsga "Liveprul"dan tashqari Angliyaning yana bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl" va "Aston Villa" kabi jamoalar uni o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi.
Fikrlar