
"Liverpul" hamshahari "Everton"ga qarshi o‘yinlarda rekord o‘rnatdi
Kecha Angliya kubogining 3-raundi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida hamshahari “Everton”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Liverpul” 2010 yildan buyon “Everton”ga yutqazmay kelmoqda. O‘z maydonida esa 1999 yildan buyon “Everton”ga yutqazmagan.
“Liverpul”ning Mersisayd derbisidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi naqd 21 ta o‘yinga etdi. Bu esa jamoa rekordi hisoblanadi.
Fikrlar