
“Liverpul” eng badavlat klub o‘yinchisiga 100 million taklif qildi
“Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun Yurgen Klopp qo‘llayotgan o‘yin uslubiga moslasha oladigan ijrochilarni olib kelmoqchi.
Goal.com saytining yozishicha, liverpulliklar “Nyukasl”dan braziliyalik Bruno Gimaraesni sotib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bu o‘yinchi uchun 100 million evro taklif qilmoqda.
“Nyukasl” saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin katta transferlar evaziga tarkibini kuchaytirdi va bu mavsum kuchli to‘rtlikdan joy olib, uzoq yillik tanaffusdan keyin Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
Gimaraesning “qarg‘alar” bilan hamkorligi 2026 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Shunga qaramay, “Liverpul” vakillari transferni amalga oshirishga urinib ko‘radi.
Fikrlar