
"Liverpul" bu futbolchi uchun "Arsenal" bilan raqobatlashishga tayyor
Londonning “Vest Xem” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin.
Give me Sport muxbirining yozishicha, 24 yoshli futbolchiga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Rays uchun "Arsenal" bilan raqobatlashishga tayyor.
Deklanning transfer narxi esa 80 million evroga baholanmoqda. Uning "bolg‘achilar" bilan imzolagan mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Deklan Rays joriy mavsum Angliya Premer-ligasida jami 20 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar