“Liverpul” “Barselona” futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

  • 6 fevral, 21:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” so‘nggi kunlarda “Barselona” yarim himoyachisi hisoblangan Frenki de Yong uchun kurashga kirishdi, deb xabar bermoqda “Coughtoffside” nashri. 
 
Xabaringiz bor, kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchining so‘nggi oylardagi jarohatga moyilligi sabab, qishki transferlar oynasida qo‘yib yubormoqchi edi. Biroq, Frenkining xohishlarini va Flikning qarori bilan o‘yinchi jamoani tark etmadi. Shunday bo‘lsa ham, klub mutasaddilari yozgi transferlar oynasida bir nechta takliflarni ko‘rib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan. 
 
Manbaga ko‘ra, Arne Slot boshchiligidagi mersesaydliklar yozda de Yongni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, angliyaliklar havbek uchun 35 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum “ko‘k-anorranglilar” safida jarohatlar bilan kurashayotgan bo‘lsa ham 21 ta bellashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. De Yong ushbu uchrashuvlar davomida 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga ham mualliflik qildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!