"Liverpul" 80 million evro evaziga munosib o‘yinchi topdi

  • 25 yanvar, 2023, 19:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini APLning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Give me Sport" nashriga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar yarim himoyachi uchun kurashda Londonning "Arsenal" jamoasi bilan raqobatlashishga tayyor.

Deklanning hozirgi transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda. Uning "bolg‘achilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda yarim himoyachi chempionatning 20 ta o‘yinida ishtirok etib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!