
“Liverpul” 8 yil xizmat qilgan futbolchi bilan xayrlashdi
“Liverpul”ning kamerunlik markaziy himoyachisi Joel Matip mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadigani bo‘ldi. Bu haqda klubning rasmiy saytida bayonot e’lon qilindi.
- 32 yoshli kamerunlik futbolchi mavsum tugashi bilan o‘zi ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan “Enfild”ni tark etadi va faoliyatida yangi bosqichni boshlaydi.
Xotirjam va barqaror o‘yin ko‘rsatuvchi markaziy himoyachi Yurgen Kloppning eng birinchi topilmalaridan biri hisoblanadi. O‘shanda Bundesligadan kelgan murabbiy Germaniya futbolidagi tajribalariga tayanib, “Shalke”dan Matipni tanlagan edi.
Bu transfer “qizillar” tarixidagi eng zo‘r transferlardan bo‘lib chiqdi, - deyiladi “Liverpul” klubi rasmiy bayonotida.
Joel Matip sakkiz yil davomida Angliya klubi safida barcha turnirlarda 201 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 11 ta gol va 6 ta assist muallifi bo‘ldi.
Afrikalik futbolchi Angliya Premer-ligasi, kubogi, Superkubogi, Liga kubogi, UEFA Chempionlarlar ligasi, UEFA Superkubogi kabi musobaqalarda g‘olib chiqdi.
Fikrlar