Lionel Messi qaerda o‘ynash bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 3 mart, 2023, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsum ham Evropada to‘p tepishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Sport.es sayti.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz Evropa futbolida yana o‘zini ko‘rsatmoqchi. Uning bu qarori “Inter Mayami”, “Nyuells Old Boyz” va boshqa qit’alarning qator klublari rejalarini barbod qildi.

Ayni paytda Messi hozirgi klubi bilan yangi kelishuv borasida muzokara olib borayotgani aytilmoqda. Tomonlar ikkita variant – bir yillik shartnoma va uni yana uzaytirish imkoniyatini beradigan band kiritish bo‘yicha kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Messi PSJda 2021 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!