
Lionel Messi ertangi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Lionel Messi, Filippe Koutino va Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ning Chempionlar ligasi "Ferentsvarosh" klubiga qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishdi.
Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman bu futbolchilarga dam olish imkoniyatini bermoqchi.
"Ferentsvarosh" "Barselona"ni 2 dekabr kuni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan saot 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar