
"Lion" 16 yoshli futbolchisini "Real"ga qanchaga sotmoqchi?
Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Rayan Cherki "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 16 yoshli futbolchining transferi masalasida frantsuz grandi bilan aloqaga chiqqan. “Lion” esa o‘z tarbiyalanuvchisini 35 mln evroga baholamoqda. Garchi uning ayni damdagi transfer narxi 8 mln evroni tashkil etsada.
Ma’lumot uchun, Cherki “Lion”ning asosiy tarkibida 2019 yilning oktyabrida debyut qilgan. U o‘tgan davr mobaynida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar