Liga kubogi. "Dinamo" "Surxon" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi
Samarqandda kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Sanjar Baratov (2 ta), Amirjon Safarov, Damir Temirov va Jasur Azimovlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, Davron Fayziev shogirdlari "A" guruhida 3 ochko bilan etakchilikni qo‘lga olishdi. Guruhning ikkinchi bahsida esa "Sho‘rtan" "So‘g‘diyona"ni engmoqda.



Fikrlar