
Liga 1. PSJ asosiy raqibini yirik hisobda mag‘lub qildi
PSJ Frantsiya chempionatining 25-turida "Marsel" mehmoni bo‘ldi. Parijliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochko bilan uyga qaytdi.
Dastlab, Messining pasidan so‘ng Mbappe gol urgan bo‘lsa, 29-daqiqada Messi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu safar Killiandan assist. Ikkinchi bo‘limda Mbappe yana bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob 3:0.
Shu tariqa, PSJ turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan "Marsel"ni mag‘lub qildi va oradagi farqni 8 ochkoga etkazib qyo‘di.
Fikrlar