
Liga 1. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Lans" "Lion" ustidan zafar quchdi
Frantsiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Lion" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar tarkibidan OBrayen dubl qilgan bo‘lsa, lansliklar safidan Frankovskiy ikkita, Said bitta gol bilan javob qaytardi. Husanov esa maydonga tushirilmadi.
Shu tariqa, "Lans" turnir jadalida 22 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi. "Lion" esa so‘nggi pog‘onada qolib ketdi.
Fikrlar