Li Kan Inning goli Janubiy Koreyaga g‘alaba taqdim etdi, mag‘lub bo‘lgan terma ham keyingi bosqichda
Jahon Chempionati saralashi ikkinchi bosqich 6-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Xitoy bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda koreyslar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Li Kan Inning 61-daqiqada kiritgan goli mezbonlarga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, 16 ochkosi bor Kim Do Xun shogirdlari birinchi o‘rin bilan, 9 ochkosi bor Xitoy ikkinchi pog‘ona bilan uchinchi bosqichga yo‘l oldi.



Fikrlar