
Levandovskini to‘xtatish yo‘lini bilamiz!
Chempionlar ligasining yangi mavsumida “Barselona” va “Bavariya” bir guruhdan joy olgan va o‘zaro to‘qnash keladi.
“Bavariya”dan “Barselona”ga o‘tgan Robert Levandovski 13 sentyab kuni “Alyants Arena”ga tashrif buyuradi.
“Bavariya” prezidenti Gerbert Xayner Myunxen klubi himoyachilari sobiq jamoadoshlarini qanday to‘xtatishni bilishini ta’kidladi.
- Barchamiz jamoa muxlislari Robertni do‘stona qarshi olishlarini istaymiz. Levardovski bunga loyiq. U tarkibimizda sakkiz yil o‘ynadi, qator rekordlarni qayd etdi, bir necha sovrinlarni yutishimizda yordam berdi.
Levandovskini hurmat qilgan holda, biz “Barselona”ni mag‘lub etishga harakat qilamiz. Himoyamiz uni to‘xtatishga qodir, - dedi Gerbert Xayner.
Fikrlar